Gʻazodagi Isroil harakatlarini qoʻllab-quvvatlagan rossiyalik hibsga olindi
Vladivostok sudi Gʻazo sektoridagi Isroil armiyasining harakatlarini ochiq qoʻllab-quvvatlagan rossiyalik fuqaroni 5 kunlik maʻʻmuriy hibsga hukm qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Rossiyaning terrorizmga qarshi kurash komissiyasi maʻʻlumotiga koʻra, ushbu shaxs ijtimoiy tarmoqlarda Gʻazo sektoridagi mojaroni muhokama qilish chogʻida Isroil harbiylarini qatʻʻiy qoʻllab-quvvatlagan.
Sud uni milliy va diniy adovat qoʻzgʻatishda aybdor deb topdi va Vladivostokdagi vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirdi.
2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning Gʻazo sektoridagi harbiy harakatlari davomida:
47 000 dan ortiq falastinlik halok boʻlgan,
110 000 dan ziyod kishi jarohatlangan,
10 000 ga yaqin odam bedarak yoʻqolgan.
Isroil tomoni esa 1 500 ga yaqin askar va fuqarosini yoʻqotganini bildirgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroilning Gʻazodagi harakatlarini keskin tanqid qilib, ularni tinch aholiga qarshi qirgʻin sifatida baholagan. Shuningdek, u Falastin xalqiga nisbatan tarixiy adolatsizlikni tuzatishga chaqirgan.













