Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 26 mart kuni rasmiy tashrif bilan Frantsiyaga keldi. Parijda u Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashib, Ukrainaga koʻrsatilayotgan yordam va uning kelgusi istiqbollari yuzasidan muzokaralar oʻtkazdi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru. 


RBK-Ukraina nashriga koʻra, bugun boʻlib oʻtadigan “Ixtiyoriy koalitsiya” sammitida Zelenskiy ham ishtirok etishi kutilmoqda. 


Frantsiya prezidenti sammitning asosiy maqsadi sifatida Ukrainaga qisqa muddatli qoʻllab-quvvatlash boʻyicha aniq majburiyatlarni tasdiqlash va ularni yanada aniqroq belgilash zarurligini taъkidlagan.


Sal avval, Reuters agentligi Evropa davlatlari Ukrainaga qoʻshin yuborish gʻoyasidan voz kechib, boshqa muqobil yordam yoʻllarini izlayotganini xabar qilgan edi. 


Nashrga koʻra, bu gʻoya Ukrainadagi vaziyat nisbatan yaxshi boʻlgan paytda jozibali koʻringan, biroq hozir Rossiyaning keskin qarshiligi va murakkab logistika sababli bu reja amalga oshish ehtimoli kamaygan.


Bunga qadar Rossiya Federatsiya Kengashi Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer va Emmanuel Makronning Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yuborish boʻyicha rejalarini keskin tanqid ostiga olgan edi.

Mavzuga aloqador