Islomofobiyaga qarshi Evropa hamjamiyatining 2024 yilgi hisobotiga koʻra, koʻhna qitъada islomofobiya qurbonlarining aksariyati roʻmolli ayollar boʻlib qolmoqda. Ushbu masala ayniqsa oʻta millatchi siyosatchilar tomonidan tez-tez koʻtarilmoqda.


Evropada musulmonlarga qarshi adovatda qayd etilgan 1037 ta hodisaning 76 foizi ayollar va 24 foizi erkaklarga tegishli. 402 ta holat roʻmol oʻrash tufayli kamsitilish bilan bevosita bogʻliq.


Hisobotda, shuningdek, muslima ayollarga nisbatan kamsitish, ayniqsa, taъlim muassasalari va ish joylarida keng tarqalganligi taъkidlangan. 


Xususan, Frantsiya va Belgiyada diniy liboslarga nisbatan cheklovlar kuchayib, musulima ayollarga nisbatan kamsitish va zoʻravonlik holatlari koʻpaygan.


Mavzuga aloqador