Eron sobiq prezidenti Hasan Ruhoniyning sobiq maslahatchisi Masъud Nilining taъkidlashicha, mamlakat bugun taraqqiyotdan toʻxtagan.   Iqtisodi esa butunlay vayron boʻlgan. Agar tub islohotlar amalga oshirilmasa, vaziyat bundanda murakkablashishi mumkin.


Sobiq mulozimga koʻra, hozirda mamlakatda inflyatsiya darajasi 50% ga etgan. Investitsiyalar deyarli butunlay toʻxtagan, aholining hukumatga boʻlgan ishonchi qolmayapti. Nili shuningdek, bu omillar tizimli inqirozni kuchaytirib, mamlakatni halokat yoqasiga olib kelishidan xavotir bildirgan. 


Aholi qashshoqlikda kun kechirishga majbur boʻlmoqda. Soliqlar 53% ga oshirilgan, dori-darmon narxlari esa soʻnggi yillarda 400% ga qimmatlashgan. Minimal ish haqi darajasi esa qashshoqlik chegarasidan uch baravar past.


Mamlakatda ogʻir vaziyat vujudga kelgan boʻlsa-da, hukumat oʻz qudratini mustahkamlashga katta mablagʻ sarflayapti, deydi sobiq maslahatchi. 


Uning aytishicha, Islom inqilobi soqchilari korpusi uchun ajratilgan byudjet koʻpaytirilmoqda. Parlament aъzolari esa, yaqin kelajakda suv, elektr energiyasi va internet taъminotida jiddiy uzilishlar boʻlishi ehtimolidan ogohlantirmoqda.

Mavzuga aloqador