Ekspertlar: Gʻazoda Inson huquqlari deklaratsiyasining universalligi barbod boʻldi
10 dekabrʻ – Jahon inson huquqlari kuni Jahon miqyosida har yili nishonlanadigan Inson huquqlari kuni bu yil Falastinning Gʻazo sektoridagi inqirozli vaziyat fonida oʻtayotgani deklaratsiyaning ahamiyatiga shubha solmoqda.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 1948 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan boʻlib, inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan asosiy xalqaro hujjat sifatida qaraladi. Biroq, Gʻazoda kechayotgan voqealar uning "universalligi"ga rahna solayotganini koʻrsatmoqda.
Xalqaro huquqshunos Lena Al-Malakning fikricha, deklaratsiya Falastinning Gʻazo sektorida toʻliq buzilmoqda.
"Gʻazodagi vaziyat deklaratsiyaning barcha moddalari buzilganini namoyon qilmoqda. Bu taʻʻlim olish, qiynoqqa solinmaslik, oʻzboshimchalik bilan hibsga olinmaslik kabi huquqlarning toptalishidir", dedi u.
Al-Malakning soʻzlariga koʻra, deklaratsiya hammaga birdek tatbiq etilmayotgani uning ahamiyatini tushirmoqda.
Amerikalik huquqshunos Lara Elborno esa Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanʻyaxu va mamlakat mudofaa vaziri Yoav Gallantga nisbatan Xalqaro jinoiy sud order chiqarganini "burilish nuqtasi" sifatida baholadi. U bu qarorni xalqaro huquqiy institutlar uchun katta qadam, deb hisoblaydi:
"Ilgari bunday organlar faqat Global Janub etakchilari yoki Gʻarbning dushmanlarini taʻʻqib qilgan. Isroilning jazosizligiga chek qoʻyish vaqti keldi."
Ekspertlar fikriga koʻra, deklaratsiyaning amaldagi ahvoli uning universalligiga jiddiy shubha uygʻotmoqda. Bugungi kun har bir shaxsning teng huquqlarga egaligini qayta koʻrib chiqish va inson huquqlarini taʻʻminlashda qatʻʻiy choralar koʻrish zarurligini taʻʻkidlaydi.













