CAIR: AQShda islomofobiya rekord darajaga etdi
Amerika-Islom munosabatlari boʻyicha kengash (CAIR) 2025 yilgi hisobotini eъlon qildi.
Hujjatda AQShda islomofobiyaning rekord darajaga etgani qayd etilgan. Unga koʻra, 2024 yilda tashkilot 8658 ta shikoyat qabul qilgan, bu 1996 yilda statistika yuritila boshlanganidan beri eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi. Bu raqam 2023 yilga nisbatan 7,4% ga oʻsgan, bu esa musulmonlarga nisbatan nafrat va kamsitishning kuchayganini koʻrsatadi.
Eng koʻp shikoyat qilingan holatlar:
– ishga qabul qilishda kamsitish – 15,4%;
– immigratsiya va boshpana muammolari – 14,8%;
– taъlim sohasidagi huquqbuzarliklar – 9,8%;
– nafrat asosida sodir etilgan jinoyatlar – 7,5%.
CAIR tadqiqotlar direktori Kori Seylor 2024 yilda kamsitish holatlari nafaqat din bilan, balki siyosiy qarashlar bilan ham bogʻliq boʻlganini taъkidladi, ayniqsa, Isroil siyosatiga tanqidiy munosabat bildirganlarga bosim kuchaygan.
Gʻazo urushi islomofobiyani kuchaytirdi
Isroil okkupatsiyasiga qarshi urush 2023 yil 7 oktyabrda boshlanganidan soʻng, AQShda islomofobiyaga asoslangan jinoyatlar keskin koʻpaydi. Eng shov-shuvli hodisalar orasida:
– Falastin-amerikalik bolaning oʻldirilishi va onasiga qilingan hujum (2023 yil).
– Texasda uch yoshli qizchani choʻktirishga urinish.
– Pichoq bilan hujum qilish, musulmonlarni doʻpposlash va ularga oʻq uzish holatlari.
Talabalarga bosim va ommaviy hibslar
CAIR maъlumotlariga koʻra, maslakatda faol Falastin tarafdorlari va talabalarga nisbatan bosim keskin ortgan. Xususan, 2024 yilda universitetlarda Isroilni qoʻllab-quvvatlashga qarshi namoyishlar ommaviy hibsga olishlarga, maъmurlarning isteъfosiga va talabalarning oʻqishdan chetlatilishiga olib kelgan.
Kolumbiya universiteti bitiruvchisi va faoli Mahmud Xalil namoyish lageri tashkil etgani uchun hibsga olingan. Uning hibsga olinishi isroilparast guruhlarining bosimi natijasida sodir boʻlgan.
Uning homilador xotiniga ham hibsga olish tahdidi qilingan.
CAIR maъmuriyatni ayblamoqda
CAIR AQSh hukumati Gʻazo urushida Isroilga koʻrsatgan qoʻllab-quvvatlovi va musulmonlarni insoniylikdan chiqarishi islomofobiyaning kuchayishiga sabab boʻlganini taъkidladi. Tashkilot hukumatning faollarga nisbatan tazyiq oʻtkazayotganini tanqid qilib, bu holat soʻz erkinligi va inson huquqlariga tahdid ekanini eslatdi.