Adanalik Ridvan Tashtimur oʻzining 30 million liralik (800 ming AQSh dollariga yaqin) villasini gʻazoliklarga sovgʻa qildi. 


Ridvan Tashtimur bu haqda oʻzining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maъlum qildi.


“Bu uy endi bizning Gʻazolik birodarlarimizga tegishli... Xudoning yordami bilan villamiz endi Gʻazodagi kasalxonaga aylanadi”, deb yozdi Ridvan Tashtemur.


Ikka qavatli uy surati bilan birga berilgan postda hayriya Turkiya Etimlar jamgʻarmasi orqali qilinishi bildirilgan.


Shuningdek, muallif villa sotuvidan tushgan mablagʻ Gʻazoda kasalxona qurilishiga sarflanishi rejalashtirilganini yozgan.   


Mavzuga aloqador