Bombalanayotgan Gʻazo: 454-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 454 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunisga, Shujaya viloyatiga, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 27 kishi halok boʻldi.
▪️Bugun tunda fashistlar Xon-Yunisda koʻchirilganlar joylashgan chodirlarga hujum qildi. 11 kishi halok boʻldi, ularning aksariyati ayollar va bolalar edi.
▪️Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi: Yana bir bola sovuqdan vafot etdi. U Gʻazodagi ogʻir sharoitlar tufayli vafot etgan sakkizinchi bola boʻldi.
▪️Gʻarbiy Sohilda Falastin maʻʻmuriyati “Al-Jazira” telekanalini koʻrsatishni taqiqladi.
▪️ "Al-Jazira": Gʻazodagi urush, falastinlik jurnalistlarga hujumlar va oʻldirilishi fonida qoʻyilgan bu qadamdan hayratdamiz.
▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Al-Xalilga bostirib kirdi. Nablusda 3 nafar falastinlik tan jarohati oldi, ulardan biri ishgʻolchilar tomonidan oʻgʻirlab ketildi. Ramallahda bir ayol ishgʻol askari yaralandi. Tulkarmda ishgʻol mashinasi portlatildi.
▪️Politsiya himoyasi ostidagi 600 dan ortiq isroillik koʻchmanchilar Al-Aqso masjidi hududiga bostirib kirib, oʻzlarining diniy amallarini oʻtkazishdi.
▪️Dunyo boʻylab Gʻazoni qoʻllab-quvvatlovchi namoyishlar boʻlib oʻtmoqda. Ularning eng kattasi Istanbulda boʻlib oʻtdi va 500 000 kishi ishtirok etdi.
▪️Bosqinchilar Livan janubidagi Aita ash-Shab shahriga hujum qildi. Bint-Jbeylda esa natsistlar livanliklarning uylariga oʻt qoʻydi.













