Bombalanayotgan Gʻazo: 447-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 447 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

Bosqinchilar Zaytun viloyati, Xon Yunis, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi.  Bir kunda 24 kishi halok boʻldi.  Urush boshlanganidan buyon 45361 kishi shahid boʻldi.

▪️Fashistlar Al-Auda kasalxonasi darvozasi oldida mashinani portlatib yuborishdi.  Mashinada “PRESS” yozuvli jurnalistlar boʻlgan.  5 jurnalistning hammasi shahid boʻldi.

▪️Bugun Kamol Advan kasalxonasiga qilingan hujumlarning 5-kuni.  Bosqinchilar kvadrokopterlar yordamida kasalxonaga qarata oʻq uzgan va portlovchi moddalar bilan toʻldirilgan robotni portlatgan.  Bir hamshira ogʻir yaralangan.

▪️Al-Qassam brigadalari snayper otishmasidan foydalanib, Jabaliya lageridagi ishgʻol askarlarini yoʻq qildi, Merkava tankini portlatib yubordi va Jabaliya sharqidagi bosqinchilar guruhiga nol masofadan qoʻl granatasini uloqtirdi.

▪️Husiylar: Biz ikkita operatsiya oʻtkazdik, ulardan biri ishgʻol ostidagi Yafada, ikkinchisi Asqalanda muhim dushman nishoniga qarshi.

▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar falastinliklarni ommaviy hibsga olishmoqda.  Oy boshidan buyon 495 kishi hibsga olingan.  Al-Xalildagi nazorat-oʻtkazish punktiga hujum uyushtirildi, bir askar ogʻir yaralandi.

▪️Koʻchmanchilar askarlar bilan Nablusdagi Yusuf paygʻambar qabrini raqsga tushish orqali tahqirlashdi.

▪️Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi: Dunyo allaqachon Gʻazodagi fojiali manzaralarga oʻrganib qolgan.  Gʻazo aholisining 10% qiynoqqa solingan, yaralangan yoki bedarak yoʻqolgan.

▪️Gʻazo hukumati: Isroilning Gʻazodagi genotsidi boshlangandan beri shahid boʻlgan jurnalistlar soni 201 kishiga koʻtarildi.

▪️UNRVA: Shimoliy Gʻazo deyarli 3 oydan beri Isroil harbiy qamalidan aziyat chekmoqda.

Mavzuga aloqador