Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 444 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

Bosqinchilar Xon Yunis, Bayt Lahiya, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. 24 soat ichida 50 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan buyon 45259 kishi shahid boʻldi.

 ▪️Ikkinchi kundirki, bosqinchilar Kamol Advan kasalxonasi va uning atrofini uzluksiz oʻqqa tutmoqda. Shifoxonada hujumlar tufayli dafn etilmaydigan shahidlar bor. Kasalxonada oziq-ovqat va suv deyarli tugab qolgan.

 ▪️UNRVA: Gʻazodan tashqari barcha urushlarning qoidalari bor, bu erda barcha qoidalar buziladi. Maktablar va shifoxonalarga hujumlar odatiy holga aylangan.

 ▪️Al-Quds brigadalari: shahid jangchi dushman zirhli transportyoriga hujum paytida Gʻazo markazida, Bayt Xanunda bir guruh askarlarni yoʻq qilib, undagi portlovchi moslamani ishga tushirdi.

 ▪️Al-Qassam Brigadalari: Biz Gʻazo shimolidagi Bayt Xanun shahrida sionist askarlarga hujum qildik.

 ▪️Jenin bataloni: Falastin maʻʻmuriyati Jenindagi operatsiyada qatnashishdan bosh tortgan 237 nafar askarini hibsga olgani haqida maʻʻlumotga egamiz. 7 oktabrdan beri Falastin xavfsizlik kuchlari tergovsiz 14 nafar tinch aholini oʻldirgan.

 ▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Qalandiya lageriga bostirib kirishdi. 3 falastinlik yaralangan. Bosqinchilar falastinliklarni hibsga olish uchun katta reydlar oʻtkazmoqda.  

 ▪️The Washington Post: Rasmiylarning Jenin operatsiyasidan maqsadi Gʻazo sektorini nazorat qilish.
 
 ▪️Baytlahm Gʻazo sektori bilan birdamlik uchun Rojdestvo bayramlarini bekor qilishga qaror qildi.

 ▪️Gʻazo urushi boshlanganidan buyon baʻʻzilari harbiylarga aloqador boʻlgan Isroil tashkilotlari Evropa Ittifoqidan 250 million dollardan ortiq mablagʻ oldi.
 
 ▪️Livanda Isroil harbiylari Kfar Kila shahrini keng koʻlamli bombardimon qilishni boshladi.

Mavzuga aloqador