Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 435 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Bosqinchilar Bayt Lahiya, Xon Yunis, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Bir kunda 40 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 44 875 kishi shahid boʻldi.
▪️Bosqinchilar Jabaliya lageri aholisiga majburiy evakuatsiya qilish uchun yangi buyruq berdilar, shu bilan birga lagerni qamal qilish va bombardimon qilishdi.

▪️Ikki oy ichida birinchi marta Gʻazodan Asqalan va bosib olingan Falastin janubiga raketalar otildi.

▪️Al-Qassam brigadalari: Bizning jangchilarimiz Rafahda sionistlarning D9 harbiy bulʻdozerini yoʻq qildi, Jabaliya hududida bosqinchilarga hujum qildi va 3 ta kvadrokopterni qoʻlga oldi.

▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Al-Xalil universitetiga bostirib kirishdi, bir kishi halok boʻldi. Balat lagerida qarshilik jangchilari ishgʻol uskunalarini portlatib yubordilar.

▪️Husiylar: Iroq qarshilik kuchlari bilan birgalikda Askalan va Yafadagi harbiy nishonlarga zarba berdik.

▪️Shveytsariyadagi 100 deputatga qora kukun tushirilgan xatlar va Gʻazoda oʻlgan bolalar suratlari tushdi. "Shveytsariya parlamentarilari Gʻazodagi bolalarning oʻlimi uchun javobgardirlar", deyiladi maktubda.

▪️Tunda Isroil Suriyaga yirik havo hujumlarini amalga oshirdi. Damashqqa uch marta hujum qilingan. Halab, Latakiya viloyatlari va Tartus atrofidagi hududlar.

Mavzuga aloqador