Bombalanayotgan Gʻazo: 416-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 416 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Bayt Lahiya, Xon Yunis, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 35 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan beri 44211 kishi shahid boʻldi.
▪️Gʻazoda kuchli sovuq va yomgʻir boshlanishi bilan anklavning yuz minglab koʻchirilgan aholisi chodirlarini suv bosmoqda.
▪️Gʻazo hukumati: Gʻazodagi urush paytida 1000 dan ortiq shifokor va hamshira halok boʻldi. 310 shifokor hibsga olingan, ularning taqdiri haqida hech narsa maʻʻlum emas.
▪️Al-Qassam brigadalari bosqinchilarning Nittsarim oʻqidagi pozitsiyalariga hujum qildi, 10 askardan iborat piyoda otryadi nolʻ masofadan yoʻq qilindi, Rafahda ishgʻolchilar bilan bir uy portlatib yuborildi.
▪️Gʻarbiy Sohilda, Jenin shahrida bosqinchilar 13 yoshli bolakay va 20 yoshli yigitni oʻldirdi. 2023 yil oktyabrʻ oyidan beri Gʻarbiy Sohilda natsistlar 172 falastinlik bolani oʻldirgan.
▪️"Hizbulloh" Isroilga qarshi urush boshlanganidan beri eng yirik amaliyotni amalga oshirdi - 51 ta operatsiya. 6 ta "Merkava" tanki yoʻq qilindi, Palʻmachim harbiy bazasi, Ashdod va Hayfadagi dengiz bazasi, Berea bazasi, Glilot bazasi va Sharaga bazasiga hujumlar uyushtirildi.
▪️Bir kun oldin "Hizbulloh"ning butun bosib olingan hududga havo hujumi Tel-Aviv, Hayfa, Ashdod, Safad, Kiryat Shmona va Metullada vayronagarchiliklarga olib keldi. Sirenalar 550 martadan koʻproq yangradi, 4 million koʻchmanchilar deyarli bir kun davomida boshpanalarda boʻldi.
▪️Bosqinchilar Bayrut chekkasidagi turar-joy binolariga 9 marta zarba berdi. Livanda urush boshlanganidan buyon 3754 kishi halok boʻldi, 15626 kishi yaralandi.
▪️Ammandagi Isroil elchixonasiga iordaniyalik fuqaro hujum uyushtirib, 3 qoʻriqchini jiddiy yaraladi, oʻzi esa otib oʻldirildi.
▪️BAAda Isroil armiyasining «Givati» brigadasida xizmat qilgan ravvin Zvi Koganning oʻldirilishida gumon qilingan uch nafar shaxs qoʻlga olindi. Avvalroq ushbu shaxslarning Oʻzbekiston fuqarolari ekani va Turkiyaga qochib oʻtgani xabar qilingan edi.













