Bombalanayotgan Gʻazo: 399-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 399 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar
Rafah, Bayt-Laxiya, Jabaliya, Nuseyrat va Shati lagerlariga hujum qildi. Soʻnggi
24 soat ichida 50 kishi halok boʻldi, ulardan 42 nafari Gʻazo shimolida.
▪️Bosqinchilar Shati lageridagi koʻchirilganlar bilan maktabda
qirgʻin qilishdi. 12 kishi halok boʻldi, 30 dan ortiq kishi jarohatlandi.
▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Nablusdagi Balat lagerini qamal
qilishdi. Oʻnlab falastinliklar hibsga olingan.
▪️Xusiylar
Al-Javf hududida
Amerikaning navbatdagi MQ-9 Reaper uchuvchisiz uchoqlarini urib
tushirdi.
▪️ «Hizbulloh» Isroilga qarshi 21 ta operatsiyani amalga oshirdi. Hayfadagi Ramim va Yiftah
kazarmalari, Eliakim va Maris bazalariga, Harmon, Liman va Marun ar-Rasda
askarlar hujumga uchragan. Bu soatlarda dronlar Hayfa va Kesariya ustidan uchib
oʻtadi.
▪️Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi: Soʻnggi 24 soat ichida
Isroilning Livan boʻylab bombardimon qilishlari natijasida 53 kishi halok boʻldi va
161 kishi yaralandi.
▪️ Tel-Avivning «Makkabi» va Amsterdamning «Ayaks» futbol
klublari uchrashuvi boʻlib oʻtgan Gollandiya poytaxtida oʻnlab isroillik futbol
muxlislari jarohat oldi. Hujumlar sababi: oʻyin oldidan bosqinchilar mahalliy
aholining uylaridan Falastin bayroqlarini yirtib tashlashdi.
▪️Isroilning Saida shahriga bergan havo hujumi natijasida YuNIFILning
olti nafar malayziyalik tinchlikparvar askari yaralandi.













