Bombalanayotgan Gʻazo: 386-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 386 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar
▪️Bosqinchilar Xon Yunisga, Jabaliya va Nuseyrat lagerlariga
hujum qildi. 24 soat ichida 88 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan buyon 42 885
kishi shahid boʻldi.
▪️Shimoliy Gʻazo qamalining 22-kuni. Al-Jazira muxbirining
xabar berishicha, natsistlar Kamol Advan kasalxonasida 240 nafar tibbiyot xodimi va
bemorlarni hibsga
olgan. Kislorod etishmasligi tufayli 3 bola vafot etdi.
▪️Al-Qassam brigadalari Jabaliya lagerida “Merkava” tankini portlatib yubordi. Tank ichidagi uch sionist askar
oʻldi.
▪️Al-Quds
brigadalari ishgʻolchilarning Nitsarim oʻqidagi qarorgohini bombardimon qildi.
▪️“Hizbulloh”
bir kunda 6 ta “Merkava” tankini yoʻq qildi, oʻnlab bosqinchilar oʻldirildi. Hujumlar
ortidan Isroil shimolini alanga oldi.
▪️Eronning “Tasnim” agentligi: Isroil
armiyasining Erondagi 20 ta nishonga zarba bergani haqidagi bayonoti haqiqatga
toʻgʻri kelmaydi.
▪️Shanba kuni ertalabdan boshlab deyarli butun bosib olingan
hududlarda sirenalar
yangradi. Isroilda 4,9 magnitudali zilzila sodir boʻldi.
▪️Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi: Isroilning juma kuni
butun mamlakat boʻylab uyushtirgan hujumlarida 41 kishi halok boʻldi va 133 kishi
yaralandi.
▪️Suriya axborot agentliklari: Havo hujumidan mudofaa
tizimlari Damashq osmonida dushman nishonlarini urib tushirdi.
▪️Iordaniya, London, Yaman va Gʻarbiy Sohilda Falastin
xalqining genotsidiga qarshi ommaviy namoyishlar boʻlib oʻtdi.
▪️AQSh
Eron yoki uning ittifoqchilari tahdidi yuzaga kelgan taqdirda, Saudiya Arabistoniga harbiy yordam
koʻrsatishga tayyorligini tasdiqladi. Amerika rasmiylari qirollikdagi strategik
ahamiyatga ega obʻʻektlar, jumladan, havo hududi va neftʻ infratuzilmasini himoya
qilish choralarini kuchaytirishga qatʻʻiyliklarini eʻʻlon qildi.













