Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 385 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Xon Yunisning Jabaliya va Bayt Lahiya lagerlariga hujum qilishdi. Boshidan beri 42 847 kishi shahid boʻldi.

▪️Gazo shimoli 21 kundan buyon qamal va ommaviy bombardimonlar ostida qolmoqda. Isroilning Jabaliya lageridagi 13 ta turar-joy binosiga bergan zarbalari natijasida kamida 150 kishi halok boʻldi va yaralandi.

▪️Bosqinchilar Gʻazo shimolidagi Kamal Advan kasalxonasini tanklardan oʻqqa tutdi. Kasalxonaning asosiy kislorod stantsiyasi vayron boʻlib, bemor bolalar halok boʻldi. Yaradorlar orasida shifokorlar va bemorlar ham bor.

▪️Gʻazo fuqarolik mudofaasi: ishgʻol koʻchirilganlar va mahalliy aholi yashaydigan hududlarda halokatli blokada yaratdi. Bayt Lahiya va Jabaliyada sodir boʻlayotgan voqealar falokatdir.

▪️Bosqinchilar Livanga 12 marta zarba berdi. Jumladan, jurnalistlar boʻlgan matbuot markaziga zarbalar berildi. Al-Mayadin va Al-Manar telekanallarining 3 nafar jurnalisti halok boʻldi.

▪️Hizbulloh Isroiga qarshi 27 ta harbiy amaliyot oʻtkazdi. Zarbalar Safad, Hayfa, Kiryat Shmona, Akka shaharlaridagi harbiy nishonlarga berilgan. Livan bilan chegaradagi bosqinchi kuchlar yoʻq qilindi. 4 Merkava tanki ishdan chiqarildi.

▪️48 soat ichida Iroq islomiy qarshilik kuchlari Umm al-Rashrash (ibroniycha Eylat)dagi 15 ta harbiy obʻʻektga hujum qildi.

▪️BMT bosh kotibi: Gʻazo shimolidagi gumanitar vaziyat bu dahshatli dahshat boshlanganidan beri eng ogʻir holat.

▪️JSST direktori: Isroilning Livandagi urushi 100 dan ortiq tibbiyot muassasalarining yopilishiga olib keldi, bu mamlakatdagi umumiy muassasalar sonining uchdan bir qismini tashkil etadi.

▪️HAMAS Gʻazo shimolidagi qirgʻin va etnik tozalashni qoralab, dunyo xalqlarini "Gʻazab jumasi" aktsiyasida ishtirok etishga chaqirdi.

▪️Haaretz: Livan janubida “Hizbulloh” jangchilari er osti tunnellaridan chiqib, askarlarimizga granatalar uloqtirishi natijasida 4 askarimiz halok boʻldi, 6 yaradorimiz bor. Keyinroq oʻlganlar soni 5 taga etgani maʻʻlum qilindi.

▪️Isroil armiyasi oxirgi 24 soat ichida eng kamida 36 askari yarador boʻlganini eʻʻlon qildi. 

Mavzuga aloqador