Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 383 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Rafah, Bayt Lahiya va Jabaliya lageriga hujum qildi. Oxirgi 24 soat ichida 70 kishi halok boʻldi, ulardan 60 nafari Gʻazo shimolida.

▪️Shimoliy Gʻazo qamalining 19-kuni. Bayt-Laxiyani tark etishga muvaffaq boʻlgan guvohlar yoʻllar boʻylab yotgan tinch aholining koʻp sonli jasadlari yotgani va erkaklar ommaviy hibsga olingani haqida xabar berishdi.

▪️Bosqinchilar Al-Auda kasalxonasini toʻliq toʻsib, barcha tirik mavjudotni oʻqqa tutdi.

▪️Gʻarbiy sohilda ishgʻolchilar Al-Xalil, Baytlahm, Qalqilya, Quddus, Erixo, Nablusga hujum qildi. 11 yoshli bola oʻldirilgan, oʻnlab odamlar hibsga olingan.

▪️Livan janubida “Hizbulloh” bilan soʻnggi 24 soat ichida sodir boʻlgan toʻqnashuvlarda kamida 25 ta isroillik askar yaralandi. Shuningdek, bir qancha qurbonlar bor.

▪️Al-Qassam brigadalari: Jabaliya sharqida Merkava tankini yoʻq qildik.

▪️Hizbulloh Al-Manar, Misgav Am va Kiryat Shmona shaharlarida bosqinchi askarlarga hujumlar uyushtirdi. Kun davomida 39 ta harbiy amaliyot oʻtkazildi.

▪️Husiylar Yafadagi harbiy bazaga hujum qildi. Zarba «Palastin-2» gipertovushli raketasi yordamida amalga oshirilgan.

▪️Iroq qarshilik kuchlari Umm er-Rashrashda (Eilat) muhim nishonga uchuvchisiz havo vositalari bilan hujum qildi.

▪️Bosqinchilar Burj al-Barajna falastinlik qochqinlar lageriga hujum qildi. Livandagi halok boʻlganlar soni 2350 nafarga etdi.

▪️BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish BRIKS sammitida qatnashish uchun Qozonga keldi.

 

Mavzuga aloqador