Bombalanayotgan Gʻazo: 377-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 377 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Gʻazo markazi, Jabaliya va Nusayrat lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 42409 kishi shahid boʻldi.
▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Falastin shaharlarida katta reydlar oʻtkazmoqda. Kichik yoshli qiz va bir yigit halok boʻldi. Nablusda janglar ketmoqda.
▪️Al-Qassam brigadalari Jabaliya lagerida bosqinchilar boʻlgan binoni portlatib yubordi.
▪️Hizbulloh Kiryat Shmona, Hayfa va Safadga raketa hujumlarini uyushtirdi. Labun chegarasida ikkita "Merkava" tanki yoʻq qilindi.
▪️Bosqinchi havo kuchlari Livanning Baalbek va Bekadagi Al-Qasr, Sayyid Ali va Germash shaharlariga hujum qildi.
▪️AQSh va Buyuk Britaniya birinchi marta B2 Spirit bombardimonchi samolyotlaridan foydalangan holda Yaman poytaxtiga 9 marta zarba berdi.
▪️Husiylar: Amerika oʻz tajovuzi uchun badal toʻlaydi, bizning Gʻazo va Livanga nisbatan pozitsiyamiz esa oʻzgarishsiz qolmoqda.
▪️Suriya OAV: Isroil Latakiya shahriga zarbalar berdi.
▪️BMTning Livandagi muvaqqat kuchlari: Tinchlikparvarlarimiz yana Livan janubida Isroil tankidan toʻgʻridan-toʻgʻri oʻqqa tutildi.
▪️Iroq qarshilik kuchlari dronlar yordamida Um Rashrashga (Eilat - ibroniycha) hujum qildi.













