Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 157 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.

▪️ Ramazonning birinchi kunida bosqinchilar Zaytun, Xon Yunis, Rafah va Nuseyrat hududlariga zarbalar berdi. Kun davomida 85 kishi halok boʻldi, 130 kishi yaralandi.

▪️ 7 oktyabrdan buyon Isroil hujumlari natijasida Gʻazoda jami 31 045 kishi halok boʻldi, 72 654 kishi jarohatlandi.

▪️ Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Nablus va Tulkarmga bostirib kirdi. Ishgʻol ostidagi Sharqiy Quddusda bosqinchilar yuzlab musulmonlarga Ramazon oyining ilk namozini Al-Aqso masjidida oʻqishlariga ruxsat bermadi. 20 kishi hibsga olingan.

▪️ Evropa-Oʻrtaer dengizi inson huquqlari observatoriyasi: Gʻazodagi keksalar dahshatli darajada oʻlmoqda.

▪️ Janubiy Afrika prezidenti Siril Ramafosa: Isroil genotsid ishi boʻyicha Xalqaro sud qarorlariga boʻysunmayapti.

▪️ Yuzlab Falastin tarafdorlari “Genotsidni toʻxtating”, “Bolalarni oʻldirishni toʻxtating” degan shiorlar bilan Los-Anjelesdagi Oskar topshirish marosimi boʻlayotgan joy yaqinida toʻplandi.

▪️ Gʻazodagi norvegiyalik shifokorlar: Biz ochlik va suvsizlanishdan aziyat chekayotgan bolalar sonining koʻpayishiga guvoh boʻlmoqdamiz. Asosiysi, urushni toʻxtatib, chegaralarni ochish, yordamni osmondan tushirmaslik yoki dengiz orqali etkazmaslik.

▪️ Turkiya Qizil Yarim Oy jamiyatining 2 737 tonna gumanitar yuk ortilgan kemasi Misrning Al-Arish portiga etib keldi. Ushbu yuk oziq-ovqat mahsulotlari, suv, un, kiyim-kechak, gigiena vositalari, yashash vositalari, dori-darmonlar va bolalar uchun buyumlarni oʻz ichiga olgan.

Mavzuga aloqador