BMT XK aʻʻzolari tinchlikparvar kuchlarga hurmat koʻrsatishga chaqirdi
BMT Xavfsizlik Kengashi aʻʻzolari Livandagi tinchlikparvar kuchlar shaxsiy tarkibi va obʻʻektlariga hurmat koʻrsatishni talab qildi. Avvalroq Isroil BMTning Livandagi Muvaqqat kuchlari (UNIFIL) obʻʻektiga hujum qilib, bir qancha tinchlikparvar harbiylarni yaralagan edi.
Birlashgan
Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi aʻʻzolari barcha tomonlarni BMTning
Livandagi Muvaqqat kuchlari (UNIFIL) shaxsiy tarkibi va obʻʻektlarini hurmat
qilishga chaqirib, UNIFIL’ga yaqinda uyushtirilgan hujumlardan chuqur xavotir
bildirishdi.
Kengash
prezidenti, Shveytsariyaning BMTdagi doimiy vakili Paskalʻ Berisvilʻ Livandagi
vaziyat boʻyicha Kengashning yopiq majlisi yakunlari boʻyicha matbuotga bayonot berdi.
Uning
taʻʻkidlashicha, Isroil va Livan oʻrtasidagi Moviy chiziq boʻylab keskinlik kuchaygan
va Kengash aʻʻzolari UNIFIL obʻʻektlariga yaqinda uyushtirilgan hujumlardan jiddiy
xavotir bildirishgan.
"KX
aʻʻzolari UNIFIL xodimlari va obʻʻektlarini hurmat qilishga chaqirib, tinchlikparvar
kuchlar va ularning obʻʻektlari hech qachon nishonga aylanmasligi kerakligini
taʻʻkidlaydi", deya qoʻshimcha qildi u.
Berisvilʻ,
shuningdek, Kengash aʻʻzolarining UNIFIL’ni qoʻllab-quvvatlashini taʻʻkidlab, tinch
aholi oʻlimi, vayronagarchilik va koʻchirilishidan xavotir bildirdi.
Berisvilning
qoʻshimcha qilishicha, Kengash aʻʻzolari barcha tomonlarni xalqaro gumanitar huquqni
hurmat qilishga chaqirgan va Xavfsizlik Kengashining 1701-rezolyutsiyasini hurmat
qilish zarurligini taʻʻkidlagan.
Isroilning UNIFIL’ga hujumi
Bir kun avval UNIFIL Isroil tomonidan Livandagi qoʻriqchi
minorasini oʻqqa tutishi natijasida ikki tinchlikparvar askar yaralangani haqida
xabar bergan edi.
Shuningdek, keyinroq Isroil armiyasi Livan janubidagi
Ras-Naqura hududidagi UNIFIL qoʻmondonlik shtab-kvartirasini oʻqqa tutgani maʻʻlum
qilindi. Bundan tashqari, Merkava tankidan UNIFIL qoʻriqlash minorasiga oʻt ochilgan. Otishma natijasida yana ikki askar yaralangan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Qoʻmitasi 1701
BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-rezolyutsiyasiga koʻra, “Moviy chiziq” deb
nomlanuvchi hududda faqatgina Livan armiyasi va BMTning Livandagi vaqtincha
tinchlikparvar kuchlariga (UNIFIL) tegishli qurol va harbiy texnikalar boʻlishi kerak. Biroq Livan
janubidagi Litani daryosi va Isroil bilan chegaradosh “Moviy chiziq” orasidagi qariyb
barcha hududlar 2000 yildan beri Hizbullohning kuchli harbiy taʻʻsiri ostida.
Livan bosh vaziri Najib Mikati 5 dekabrʻ kuni Livan Isroil
bilan chegaradagi bahsli hududlar yuzasidan BMT orqali Isroil bilan muzokara olib
borishini aytdi.













