Belgiya Ukrainaga 1 milliard evrolik harbiy yordam ajratadi
Belgiya hukumati Ukrainaga harbiy yordamni kengaytirishga qaror qildi. Mamlakat Bosh vaziri Bart de Vever Kievda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan oʻtkazgan qoʻshma matbuot anjumanida 2025 yil uchun 1 milliard evro ajratilishini eъlon qildi, deya xabar bermoqda Unian axborot agentligi.
Manbaga koʻra, Bosh vazir kelgusida har yili shu miqdorda yordam berishni rejalashtirganini bildirgan.
De Veverning soʻzlariga koʻra, bu mablagʻ Ukrainaning mudofaa salohiyatini oshirishga xizmat qiladi va Evropani Rossiyaning mumkin boʻlgan tajovuzlaridan himoya qilishga tayyorlaydi.
Shuningdek, Belgiya Ukrainaga F-16 harbiy samolyotlarini topshiradi. bu yil 2 samolyot, kelasi yili yana 2 ta, ulardan baъzilari ehtiyot qismlar uchun ishlatiladi. Bosh vazir kelgusida bu koʻrsatkich oshishi mumkinligini qoʻshimcha qildi.












