Bangladesh isroil*ga sayohat qilishni yana taqiqladi
TRT nashri Bangladeshda Falastinni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan keng koʻlamli namoyishlar fonida, mamlakat hukumati pasportlarga isroil*ga sayohatni amalda taqiqlovchi bandni qayta kiritganini maъlum qildi.
Ichki ishlar vazirligiga koʻra, pasportlarga quyidagi ibora qayta kiritiladi: “Ushbu pasport dunyoning barcha mamlakatlarida amal qiladi, isroil*dan tashqari.”
Tegishli farmonga Ichki ishlar boʻyicha maslahatchi Jahongir Alam Choudhuriy imzo chekdi va u rasman kuchga kirdi.
Avvalroq ham Bangladesh pasportlarida bunday cheklov mavjud boʻlgan, biroq soʻnggi yillarda Bosh vazir Sheyh Hasina hokimiyati davrida bu band olib tashlangandi.
Hasina avgust oyida hokimiyatdan ketgach, isroil*ning Gʻazo sektoriga qarshi kuchaygan hujumlari va ommaviy norozilik aktsiyalari fonida, Bangladeshda pasportlarda isroil*ga sayohatni taqiqlovchi bandni qayta tiklash talablari kuchaydi.
(isroil* - Bu "Azon Global"ning pozitsiyasini ifodalaydi)












