Asad rejimi agʻdarilgandan soʻng minglab koʻngillilar armiyaga qoʻshildi
Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad al-Sharъ yaqinda bergan intervьyusida Bashar Asad rejimi agʻdarilgandan keyin yaratilgan yangi Suriya armiyasi safiga minglab koʻngillilar qoʻshilayotganini maъlum qildi. Uning taъkidlashicha, avvalgi tuzumning majburiy chaqiruv siyosatidan farqli oʻlaroq, yangi armiyada xizmat ixtiyoriy asosda amalga oshirilmoqda.
Al-Sharъ Gʻarb davlatlarini Suriyaga nisbatan joriy etilgan sanktsiyalarni bekor qilishga chaqirib, bu cheklovlar avvalgi rejimga qarshi qaratilganini va hozirgi sharoitda ularni saqlab qolish adolatsizlik boʻlishini taъkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, sanktsiyalarning bekor qilinishi mamlakatning iqtisodiy tiklanishiga yordam beradi, bu esa Suriyada xavfsizlik va barqarorlikni taъminlashning muhim omilidir.
Shuningdek, yangi hukumat davlat institutlarini qayta tashkil etish, jumladan, armiya, xavfsizlik xizmatlari va politsiyani isloh qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Al-Sharъ milliy konferentsiya oʻtkazish, inklyuziv hukumat tuzish va keyinchalik saylovlar oʻtkazish orqali siyosiy oʻtish jarayonini boshlashni rejalashtirayotganini bildirdi. Bu jarayon toʻrt yilgacha davom etishi mumkin.
Al-Sharъ, shuningdek, Suriyaning yangi hukumati Rossiya bilan munosabatlarni saqlab qolish niyatida ekanini taъkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya Suriya uchun muhim hamkor boʻlib, mamlakatning qurol-yarogʻ taъminoti va energetika sohalarida katta ahamiyatga ega.













