AQSh Yamanning yoqilgʻi portini nishonga oldi: kamida 58 kishi halok boʻldi
AQSh harbiylari 17 aprelь kuni Yamanning Ras Isa portiga havo hujumi uyushtirdi. Husiylarga qarashli OAVning xabar berishicha, zarba oqibatida kamida 58 kishi halok boʻlgan, 126 dan ortiq odam jarohatlangan.
Ras Isa — mamlakatdagi asosiy yoqilgʻi porti hisoblanadi va uning nishonga olinishi Yaman aholisining kunlik ehtiyojlarini taъminlashda ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
AQSh Markaziy qoʻmondonligining bayonotiga koʻra, bu operatsiya Husiylarning Qizil dengizdagi hujumlarida foydalanilayotgan infratuzilmalarni yoʻq qilish maqsadida amalga oshirilgan.
Ammo port infratuzilmasining vayron qilinishi uzoq yillardan beri blokadada yashayotgan Yamandagi gumanitar inqirozni yanada chuqurlashtirishi mumkin.












