Soʻnggi kunlarda Yamanning xusiylar boshqaruvidagi harbiy-dengiz kuchlari AQShning CVN-75 Harry S. Truman aviatsiya zarba guruhiga hujum qilgani yoʻq, deb xabar bermoqda “Militarist” Telegram kanali. 


Manbaning aytishicha, buning asosiy sababi – AQSh floti Jidda shimoliga chekinib, Makka va Madinani oʻziga “qalqon” sifatida ishlatmoqda. Shu bilan birga, ular CVN-70 Carl Vinson aviatsiya kemasining Yaman qirgʻoqlaridan 850 km uzoqlikdagi hududga etib kelishini kutmoqda.


Agar husiylar hujum uyushtirsa, amerikaliklar raketa va dronlarni muqaddas shaharlar ustida urib tushirishga majbur boʻlishi mumkin, bu esa islom olamida kuchli norozilik uygʻoti tayin. Vaziyatdagi xavf darajasi yuqori boʻlsa-da, hozircha nisbiy osoyishtalik hukm surmoqda. 


AQSh oʻz strategik joylashuvini ustalik bilan foydalangan holda ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda. Saudiya Arabistoni esa muqaddas zaminlarni oʻzining diplomatik ustunligi sifatida ishga solishga harakat qilmoqda, deyiladi xabar matnida. 


Shu bilan birga, husiylar hozirda Gʻarbiy yoʻnalishda ayrim hujumlarni davom ettirayotgan boʻlsa-da, bu safar ular shoshmayapti. Chunki ochiq qirgʻoq hududida Amerika razvedka samolyotlari va sunъiy yoʻldoshlar orqali aniqlanish xavfi mavjud.

Mavzuga aloqador