Afgʻoniston hukumati mamlakatdagi yagona ayollar radiosi boʻlgan "Radio Begum" radiosiga qoʻyilgan taqiqni bekor qildi, deya xabar bermoqda Associated Press. 

Agentlikning eslatishicha, taqiq radiostantsiyaning qaysidir "xorijiy ruxsatsiz ommaviy axborot vositalari" bilan hamkorligi sababli tatbiq etilgan edi. 

Afgʻoniston qonunchiligiga muvofiq ish olib borish majburiyatini olgan "Radio Begum" maъmuriyatining bir necha bor soʻrovlaridan soʻng mamlakat Madaniyat vazirligi eshittirishlarni qayta tiklashga ruxsat berdi. 

"Radio Begum" 2021 yilda, Afgʻonistonda hokimiyat almashishidan bir necha oy oldin oʻz faoliyatini boshlagan. 

Radiostantsiyaning oʻziga xos jihati shundaki, barcha kontent ayollar tomonidan yaratilgan. "Radio Begum"ga aloqador sunъiy yoʻldosh kanali "Begum TV" Frantsiyadan eshittirishlar olib boradi va afgʻon yoshlariga qaratilgan dasturlarni taqdim etadi.

Mavzuga aloqador