Afgʻonistonda qariyb 200 nafar maxsus kuchlar xodimi tayyorlandi
Afgʻoniston Mudofaa vazirligiga tegishli Abdulloh ibn Masъud nomidagi jangovor tayyorgarlik markazida 199 nafar Afgʻoniston fuqarosi uch oylik kursni muvaffaqiyatli yakunladi.
Kurs doirasida tankka qarshi granatalar, minomyotlar, M2 pulemyoti va boshqa zamonaviy qurollardan foydalanish boʻyicha taъlim berilgan. Kurs bitiruvchilari uchun oʻtkazilgan arosimda bugungi tahlikali zamonda dinni, vatanni va qadriyatlarni himoya qilish sharafli burch ekani taъkidlangan.
Qayd etilishicha, oʻtgan toʻrt yil ichida minglab afgʻonistonliklar hududiy xavfsizlik va chegaralarni himoya qilishni kuchaytirish dasturi doirasida xuddi shu kabi diniy va harbiy tayyorgarlikdan oʻtkazilgan.













