Afgʻoniston Trampning qurollarni qaytarish talabiga javob berdi
Kobul, 4 fevralʻ – Afgʻonistondagi Islom Amirligi (Tolibon) matbuot kotibi Mulla Muhammad Idris Anuriy AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning Amerika qoʻshinlari tashlab ketgan qurollarni qaytarish haqidagi talabiga javob qaytardi.
Anuriyning taʻʻkidlashicha, AQSh agar bu qurollarni qaytara olish imkoniyatiga ega boʻlganida, ularni ortda qoldirmagan boʻlar edi.
"Agar shunday qila olsangiz, bu qurollarni bizga qoldirmagan boʻlar edingiz", – dedi Tolibon vakili.
Tramp nima degan edi?
Tramp avvalroq Bayden maʻʻmuriyatini Afgʻonistondan qoʻshinlarni olib chiqish jarayonida "strategik xatoga" yoʻl qoʻyganlikda ayblab, Tolibonga katta miqdordagi harbiy texnika va qurol-yarogʻ qoldirganini tanqid qilgan edi. U Afgʻonistonda qoldirilgan qurollarni yoʻq qilish yoki qaytarib olish kerakligini aytgan.
Tolibon rasmiysi AQSh Afgʻonistondan sharmanda boʻlib chiqib ketganini, qoldirilgan qurollar esa “urush oʻljasi” sifatida tortib olinganini taʻʻkidladi.
AQSh qoʻshinlari Afgʻonistondan chiqib ketganidan keyin minglab birlik zamonaviy qurol-yarogʻ, zirhli texnikalar va havo hujumlarini yoʻq qilish tizimlari Tolibon qoʻliga tushgani haqida xabarlar tarqalgan. Vashington bu haqda rasmiy izoh bermagan.













