Kobulda Rossiya elchisi Dmitriy Jirnov Afgʻoniston Islom Amirligi tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy bilan uchrashdi, deya xabar berdi afgʻon matbuoti.

Qayd etilishicha, Jirnov afgʻon delegatsiyasining oktyabrь oyida boʻlib oʻtadigan Afgʻoniston boʻyicha Moskva formatining 7-majlisida ishtirok etishini maъlum qilgan. Bu Afgʻoniston uchun ushbu formatda toʻlaqonli aъzo sifatida birinchi marta ishtirok etish boʻlib, mamlakatning diplomatik mavqeini mustahkamlaydi, deyiladi xabarda.

Maъlumot uchun, 2017 yilda tashkil etilgan Moskva formati Rossiya, Xitoy, Pokiston, Eron, Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtirib, Afgʻonistondagi xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash va siyosiy masalalarini muhokama qiladi.

Mavzuga aloqador