Iroq tashqi ishlar vaziri  Fuad Husayn Suriyada IShID jangarilarining faolligi oshib borayotganidan ogohlantirdi.


 U oʻz bayonotida Bagʻdod rasmiylarini bu tahdidga qarshi kurashish uchun qoʻshni davlatlar bilan hamkorlik qilishga chaqirgan.


Vazirga koʻra, Iroq, Suriya, Turkiya, Iordaniya va Livan oʻzaro hamkorlikda IShIDga qarshi kurashadigan maxsus mexanizm yaratishi kerak.


Report axborot agentligining xabar berishicha, ushbu masala Turkiya raisligida oʻtkazilgan Antaliya diplomatik forumida ham muhokama qilingan.


Mavzuga aloqador