Newsweek nashri Hindistonda keksa aholi bilan bogʻliq muammolarni oʻrganib, ularni hal qilish uchun choralar taklif etdi. Hindistondagi Aholishunoslik jamgʻarmasi direktori Punaam Mutrijaning aytishicha, 2056 yilga kelib, 65 yoshdan oshgan aholi 15 yoshgacha boʻlgan bolalar sonidan oshadi.

Asosiy muammolardan biri mehnatga layoqatli aholining qisqarishidir. Yoshlar keksa qarindoshlarini qoʻllab-quvvatlashi tufayli iqtisodiyotga bosim kuchayib, uning oʻsish surʻʻatlari sekinlashishi mumkin.

Shu bilan birga, keksalarning ijtimoiy chetlanishi kuzatilmoqda. Baʻʻzi oilalarda keksalar shafqatsiz munosabatga duchor boʻladi, hatto koʻchada qarovsiz qoldiriladi. Doktor JP Bxagatning maʻʻlum qilishicha, koʻpchilik keksalar ogʻir sharoitlarda yashashga majbur.

Qishloqlardagi bevalar va keksa ayollar koʻpincha mulksiz, daromadsiz va tibbiy yordamdan mahrum. Ularning iqtisodiy faolligi past boʻlgani muammolarni kuchaytiradi.

Janubiy shtatlarda (Kerala, Tamilnadu) boylik yuqori, tugʻilish darajasi past. Ammo shimoliy shtatlar (Bixar, Uttar-Pradesh) aholining haddan tashqari koʻpligiga duch kelmoqda.
Mutaxassislar echim sifatida bir qator tavsiyalarni ishlab chiqdi.

Unga koʻra, keksa aholi uchun ijtimoiy taʻʻminot tizimlarini rivojlantirish;
Ayollar uchun taʻʻlim, ish bilan taʻʻminlash va tibbiy yordamni yaxshilash;
Shimoliy shtatlarda taʻʻlim va sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish;
Janubiy mintaqalarda keksa aholiga gʻamxoʻrlik tizimlarini kuchaytirish.

Mutrijaning aytishicha, agar Hindiston inson kapitaliga sarmoya kiritmasa, demografik dividenddan mahrum boʻlishi mumkin.

Mavzuga aloqador