Isroil Suriya, Livan va Gʻarbiy sohil hisobiga oʻz hududini doimiy ravishda kengaytirib borar ekan, arab hukmdorlari uchun gʻoyat xavotirli vaziyat yuzaga kelmoqda. Ular endi nihoyat oʻzlarining boshiga tushishi mumkin boʻlgan falokatni bartaraf etadigan umumiy pozitsiyaga kelishga majbur boʻlmoqda. Hatto oʻzlarining shaxsiy manfaatlari xavf ostida boʻlsa ham, ular yana imkoniyatni boy berishadimi yoki bundan foydalanishadimi, bunisi hali nomaъlum.